Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Sayyor_qabul #Inson_qadri_uchun Sayyor qabul - aholi manfaatlari uchun

error

2024-06-12

✏️ Bugun Xatirchi tuman 1-sektor hududidagi  "Tamabahrin"  mahallasida aholi murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal qilish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

 ✅ Unda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev hamda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo'rayev  hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

✅ Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, muammolarga oqilona yechim topish maqsadida tashkil qilingan sayyor qabulda, fuqarolardan turli yo‘nalishlarda 15 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

✅ Aholidan yo'llangan har bir murojaat atroflicha oʻrganib chiqildi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. Qo'shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha ko'rsatma berildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati