Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

NAVOIY VILOYATI BANDLIK BOSH BOSHQARMASI BOSHLIG'INING SAYYOR QABULI BO'LIB O'TDI.

error

2022-08-13

Joriy yilning 13 avgust kuni Bandlik Bosh boshqarmasi boshligʼi E.Аvezov rahbarligida  Karmana tumanining "Alisher Navoiy" MFY hududida  yashovchi fuqarolar murojaatini o'rganish, shuningdek, muammolarni tegishliligicha hal qilish maqsadida sayyor qabul oʼtkazildi. 





Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, jamoat ishlariga jalb qilish, kasbga oʼqitish hamda subsidiya masalalarida 20 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida oʼz yechimini topdi. Fuqarolar ishga joylashtirildi hamda haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Qolgan murojaatlar tegishliligi boʼyicha korxona muassasa rahbarlariga yoʼnaltirildi.