Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-15
Sayyor qabulda muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
➡️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Nurota tumanida "Eshon Sudur", "Said Ato", "G'afur G'ulom" mahallalari aholisi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
🔹 Qabulda fuqarolar tomonidan oilaviy tadbirkorlik dasturi bo'yicha imtiyozli kredit olishga ko‘maklashish, doimiy ishga joylashish, subsidiya kabi bir qator yo‘nalishlarda murojaatlar qabul qilindi.
🔹 Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 10 dan ortiq murojaatlar nazoratga olinib, muddat talab etiladigan murojaatlar bo'yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing