Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor

error

2024-06-25

Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;

▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);

▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

👉Ro'yxatdan o'tish (https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=718)

❗️MUHIM: 

👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!

👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.