Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Shvetsiya mehnat bozoridagi vaziyat qanday?

error

2024-06-27

2023-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu mamlakatda 106 565 ta bo‘sh ish o‘rni ro‘yxatga olingan. Shvetsiya Mehnat bozori va integratsiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, bir qator hududlarda malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish katta muammoga aylanmoqda. Shu tufayli yuzaga kelgan bo‘shliqni xorijlik kadrlar bilan to‘ldirish amaliyoti keng qo'llanilmoqda.

Shvetsiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar:

▪️Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zavodlari operatorlari;

▪️Avtobus va tramvay haydovchilari;

▪️Chilangarlar;

▪️Ishlab chiqarish mashinalari operatorlari;

▪️Quruvchilar;

▪️Аvtomobil ta’mirlash ustalari;

▪️Payvandchilar.