Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-02
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday hollarda beriladi?
#Bilasizmi
📝Qonunchilikka ko'ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
🔹vaqtinchalik mehnat layoqatini yo'qotish bilan bog'liq kasallik vaqtida (shikastlanishda);
🔹sanatoriy va sog'lomlashtirish muassasalarida davolanganda;
🔹kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;
🔹karantinda;
🔹sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;
🔹mehnat layoqatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing