Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-03
Mas'ullar ish beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Britaniyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish jarayonlari hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun Herefordshire shahrida "Hops" ish beruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Birlashgan Qirollik hududiga kelib ishlovchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, til o‘rgatish, nomzodlarni saralash jarayonlari xususida suhbatlashildi.
Muloqotda shuningdek, O‘zbekiston bilan mehnat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, mamlakatimiz uchun ajratilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo‘nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi.
"Hops" kompaniyasi joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 2161 nafar hamyurtimizni Angliyada vaqtincha ish bilan ta'minlagan.