Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-03
📎 Bugun Nurota tumani "Ergash Jumanbulbul" bog'ida tuman hokimligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi hamkorligida bitiruvchi yoshlar, migratsiyadan qaytgan hamda ish bilan band bo'lmagan ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✅ Tadbirda tumandagi 88 ta korxona va tashkilotlar o'zlarida mavjud 449 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada 220 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi, shundan 16 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 17 nafari kasbga qayta o'qitish markazlariga tahsil olishlari uchun yo'llanmalar berildi, 21 nafari haq to'lanadigan jamoatchilik ishiga jalb etildi, 73 nafar fuqarolarga o'z-o'zini band qilishi uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirilib bandligi ta'minlandi. Qolgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati