Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

# Korrupsiya – kelajakka tahdid

error

2024-07-04

➡️ Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida Navoiy shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Bu illatga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi.

🔹 Muloqotda poraxo‘rlikka qarshi kurashishning eng to‘g‘ri, samarali yo‘li uning oldini olish ekanligi ta’kidlandi. Har bir xodim bu muhim vazifani o‘zi va mehnat qilayotgan jamoasidan boshlashi zarurligi qayd etildi.

🔹 Har qanday korrupsion holat nafaqat jinoyat, balki jamiyat, davlat taraqqiyotiga rahna soladigan jiddiy muammo. 

✏️ Uchrashuvda mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi.

🔹Shuningdek, jarayonda hokim yordamchilari  faoliyati birma-bir tahlil qilinib, kelgusida qilinishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va muddatli vazifalar belgilab berildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati