Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Shu kunlarda Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

error

2024-07-10

Bugun mehmonlar Samarqand viloyatiga tashrif  buyurib, u yerdagi tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi “Samarkand APPAREL” korxonasida bo‘ldi.

Korxona jahonga mashhur brendlardan bo‘lgan Engelbert Strauss  hamda The North Face (TNF) kompaniyalari uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Janob Jilber Ungbo 600 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritayotgan mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.