Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-11
RASMIY MUNOSABAT!
Ijtimoiy tarmoqlarda «Ushbu holat Navoiy shahar Mehnat birjasida bo'lgani hodim va fuqaro o'rtasida so'z tortishuvi bo'lgani aytilmoqda (tahrirsiz)» https://t.me/Navoiy_kanalUz/71164 mazmunidagi video tarqalgani yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Mazkur holat 2024-yil 10-iyul kuni sodir bo'lgan va Navoiy shahrida yashovchi fuqaro M.R. Navoiy shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiga kelib, farzandi bo'lim xodimlari tomonidan 2023-yilda MChJlarning biriga ishga joylashtirilganligi, ammo bu ish uning o'g'liga yoqmaganligi, farzandini kamida 4-5 million so'm oylik beradigan ish joyiga joylashtirishni talab qilgan.
Fuqaroga bo'lim xodimlari tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilishiga qaramasdan fuqaro M.R bo'lim rahbariyati va xodimlarini turli kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qilgan.
Bo'lim xodimlari tomonidan fuqaroni tinchlantirishga urinilsada, u o'zining agressiv xulq-atvorini ko'rsatishda davom etgan va voqea yashirin tarzda noma'lum shaxs tomonidan (oldindan kelishilgan holda) tasvirga olingan.
Holat yuzasidan viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas'ullari tomonidan bo'lim xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda bo'lishda odob-axloq qoidalariga rioya qilishi bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati.