Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-01
Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, viloyat hokimi o'rinbosari M.Mamadiyarova va Karmana tuman mas'ullari ishtirokida tumandagi "Do'stlik" MFY hududidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida bo'ldi.
🔹 Unda mahallada xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ishbilarmon, tashabbuskor ayollarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasanachilik asosida yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, mahallada yangi barpo etilgan ko’p qavatli turar joy binolarining yer to’la qismidan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish va shu orqali, aholi bandligini ta'minlash kabi ko'plab yangi loyihalar, taklif va tashabbuslar o'rganildi. Mazkur loyihalar uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing