Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hokim yordamchisi tavsiyasi asosida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit kichik biznesni rivojlantirishda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

error

2024-08-28

➡️ Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📝 Xususan, Navoiy shaharidagi "Hayot" mahallasida joriy yil boshida  xatlov o'tkazilib 73 nafar ishsiz fuqarolar aniqlandi. Hozirgi kunga qadar 53 nafar ishsiz fuqarolarning  bandligi ta'minlangan bo'lib, shundan 36 nafar ishsiz doimiy ishga joylashtirildi.  2 nafar fuqaro haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan bo'lsa, tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan 15 nafar fuqaroga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 523 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.  

✔️ Shuningdek, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Botir Ernazarov loyiha qiymati 300 mln so'm bo'lgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo'yish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-306 – sonli qarori asosida 100 milion so’m imtiyozli kredit olib 200 mln o'z mablag'i hisobidan "SULTON OTA YANGI ESHIKLARI"  oilaviy korxonasi  tashkil etdi.

✏️Ayni vaqtda eshik va romlar ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yib, 6 ta yangi ish o'rinlarini yaratdi.