Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-06
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa xodimning nogironligi yoki vafot etishiga olib kelsa jabrlanuvchiga yoki vafot etgan xodim qaramog‘idagi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Voyaga yetmagan bolalariga va boshqa zarar undirish huquqiga ega shaxslarga ma’lum muddat davomida oylik to‘lovlar amalga oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishi uning xodim oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishini ta’minlash hamda korxonaning katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rishini oldini olishga xizmat qiladi.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi shart.
Ish beruvchi xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishi shart.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (https://lex.uz/docs/-97664#-5451096)
@mehnatvazirligi