Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#INSON_QADRI

error

2024-09-06

E'tibordan hech kim chetda qolmaydi

➡️ Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha-mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi  muammolarni o'rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

🔹 Bu jarayonda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i Q.Rajabov yangicha tizim asosida, Navbahor tumani “Paxtakor” MFY da istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning sharoiti, muammo va takliflari  o'rganilmoqda. 

🔹 Jarayonda mas'ullar tomonidan, hududdagi aholining  ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, jamiyat va davlat hayotida to'laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratish hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta'minlash imkoniyatlari birma-bir o'rganildi.

  🔹Bu kabi tizimli  ishlarning yo'lga qo'yilishi, fuqarolarning muammo va kamchiliklarini bartaraf etish bilan birga, xalq va davlat o'rtasidagi mustahkam ko'prik bo'lib xizmat qilmoqda. 

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati