Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholini roʻyxatga olishda xorijiy davlatlar tajribasi

error

2024-10-08

 Maʼlumki, davlatlar milliy statistikasining asosini aholini roʻyxatga olish natijasida olingan maʼlumotlar tashkil etadi. Anʼanaviy, keng qamrovli aholini roʻyxatga olish usuli demografik va ijtimoiy koʻrsatkichlar boʻyicha aholining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona va aniq manbasidir.

Hozirgi kunda, dunyoning rivojlangan davlatlari koʻp yillik tajribalar natijasidan kelib chiqib, roʻyxatga olish ishlari roʻyxatga olish uchun qilingan xarajatlardan koʻra koʻproq foyda keltirishiga qatʼiy ishonch hosil qilgan.

Bundan tashqari, roʻyxatga olish jamiyat hayotining oʻziga xos ragʻbati boʻlib, umumiy resurslarni oqilona (adolatli) taqsimlash
va foydalanish imkonini beradi.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida roʻyxatga olish natijasida olinadigan barcha maʼlumotlardan faqat statistika maqsadlarida foydalanish va mutlaqo maxfiy saqlanishini taʼminlaydigan statistika toʻgʻrisidagi qonuni mavjud. Ushbu qonun bilan olingan har bir alohida inson toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qandaydir tashkilot yoki jismoniy shaxsga berilishi mumkin emasligi belgilangan.

Barcha davlatlardagi roʻyxatga olish anketalari juda oʻxshashdir. Davlatning ijtimoiy dasturini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlanganlar, yetimlar, uysizlar, jinoyatchilikni kamaytirish, bandlikni oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun anketaga aholining jismoniy va ijtimoiy salomatligi, mehnat sharoiti, ish joyigacha yetib olish usullari va vaqti toʻgʻrisida savollar qoʻshiladi.

Shu bilan birga har bir davlatda jamiyatning milliy oʻziga xosligi va anʼanalarini hisobga olgan holda aholi bilan ishlash metodlari va roʻyxatga olishga tayyorlanish mexanizmlaridan foydalanadi.

Roʻyxatga olish oʻtkaziladigan barcha joylarda aholi bilan jiddiy ravishda roʻyxatga olishning asosiy maqsadi, ahamiyati va kerakligini koʻrsatish va ishontirishdan iborat boʻlgan koʻp qamrovli ishlar olib borishga toʻgʻri keladi.

Amaliyotda aholini roʻyxatga olishning bir qancha usullari mavjud boʻlib, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Litva, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Chexiya, Estoniya kabi davlatlarda roʻyxatga olishni oʻtkazishning odatdagi usuli qoʻllangan. Avstriya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya hamda Shvetsiyada registr maʼlumotlari asosida roʻyxatga olishni oʻtkazish usuli qoʻllangan.

Belgiya, Ispaniya, Latviya, Lyuksemburg, Sloveniya davlatlarida odatdagi roʻyxatga olish usuli bilan birgalikda registr maʼlumotlari asosida roʻyxatga olishni oʻtkazish usuli qoʻllangan. Germaniya va Niderlandiya davlatlarida registr maʼlumotlari asosida roʻyxatga olishni oʻtkazish usuli bilan birga tanlama kuzatish usuli ham qoʻllangan. AQSHda uzundan uzoq roʻyxatga olish soʻrovnomasi oʻrnini bosadigan doimiy tanlama kuzatuvlar bilan birgalikda qisqa soʻrovnomali odatdagi roʻyxatga olish oʻtkazilgan. Fransiyada esa uzluksiz roʻyxatga olish usulidan foydalanilgan.

Roʻyxatga olish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qaror rejalashtirishning iloji boricha dastlabki bosqichlarida turli xil muqobillarning xarajatlar, olingan maʼlumotlarning sifati va ularni amalda qoʻllash imkoniyatlarini sinchkovlik bilan sinab koʻrish asosida qabul qilinishi kerak. Hatto anʼanaviy ravishda bitta usul qoʻllanilganda ham, hozirgi aholini roʻyxatga olish va oʻzgaruvchan texnik ehtiyojlar asosida uning nisbiy afzalliklarini muntazam ravishda qayta baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Tanlov erta bosqichda amalga oshirilishi kerak, chunki roʻyxatga olish byudjeti, tashkiliy tuzilma, roʻyxatga olishni targʻibot ishlarini amalga oshirish rejasi, kadrlar tayyorlash dasturi, roʻyxatga olish varaqasi tuzilishi va maʼlum darajada toʻplanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar aynan tanlangan usulga bogʻliq boʻladi. Maʼlumotlarni toʻplashning bir necha usullaridan foydalangan holda, jamoatchilik tomonidan qoʻllaniladigan usullarni qoʻllab-quvvatlashga ishonch hosil qilish juda muhimdir, chunki jalb qilingan roʻyxatga oluvchilar soni va shunga mos ravishda xarajatlar shunga bogʻliq.