Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-11
✍️ Bugun Zarafshon shahar 2-sektor hududidagi “Yangi Zarafshon” MFY da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish shahar bo'limi tomonidan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹 Mehnat yarmarkasida hududdagi 20 ta korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘zlaridagi 120 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etdi.
🔹 Shundan, 65 ta oliy ma'lumotli fuqarolar uchun, 30 ta o'rta-maxsus maʼlumotga ega bo'lgan fuqarolar uchun hamda 27 tasi o'rta ma'lumotli fuqarolar uchun bo'sh ish o'rinlarini tashkil etadi.
✅ Yarmarkada 50 nafardan ziyod ish bilan band bo'lmagan fuqarolar qatnashdi.
✅ Jarayonda 22 nafar fuqarolar korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.
✅ 33 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.