Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-08
BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
✍️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi komplayens nazorat bosh mutaxassisi ishtirokida boshqarma xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🔸Unda yurtimizda poraxo‘rlikka qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan qonun, qaror, me’yoriy huquqiy hujjatlar mohiyati haqida ma’lumot berildi.
🔸Shuningdek, poraxo‘rlik sabablari, omillari, oqibatlari, ushbu illatning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligiga e'tibor qaratildi.
🔸Bildirilgan fikr-mulohazalarda nafaqat korrupsiyaning jamiyat rivoji, iqtisodiy rivojlantirishga salbiy ta'siri, balki yosh avlod kelajagiga ham tahdid ekanligi qayd etildi.