Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-12
✍️ Bugun Navoiy shahar hokimligida, Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi komplayens-nazorat bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov, Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'i Dilshod Usmonov hamda shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo`limi boshlig'i o'rinbosari Komiljon Xudayberganovlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish-har birimizning burchimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda shahar hududidagi 36 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari qatnashdilar. Yig'ilishda mas'ullar so'zga chiqib korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik, unga qarshi keskin kurashish lozimligi, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani haqida tushuntirildi.
🔹Tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javoblar berildi.