Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-14
Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267744). Uning davomiyligi qoida tariqasida 6 oydan oshmasligi kerak.
2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar esa vaqtinchalik ishlarda (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267776) band bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Ishning mavsumiy yoki vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
Mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Xodim ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Ular ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.