Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-21
🌐 ijtimoiy tarmoqlarda “Kvota asosida ishga borsam ham ishga olishmayapti ” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Mazkur xabardagi murojaatni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o'rganish olib borildi. O'rganish natijalariga ko'ra, Fuqaro J.Jabborovning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi. Shunga ko‘ra, J.Jabborov Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinatining Markaziy kon boshqarmasiga "Nazorat-o'lchov asboblari va avtomatika bo'yicha chilangar" mutaxassisligiga ishga joylashtirildi.
🌐 Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing