Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-10
🌎 Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfulla Xayrullayev hamda Navoiy shahri hokimining birinchi o'rinbosari O'tkir Haqberdiyevlar ayni damda Xitoyning Chuntsin shahrida faoliyatini boshlagan ShHT davlatlarida kambag'allikni qisqartirish va taraqqiyot bo'yicha 5-seminarda ishtirok etmoqda.
🔹Xitoy aholi soni bo'yicha dunyodagi eng katta mamlakat bo'lib, kambag'allikni kamaytirish bo'yicha ko'p va samarali ishlarni amalga oshirgan. So'nggi 30 yil ichida sanoat taraqqiyoti Xitoy jamiyatiga yangi hayot darajasiga erishishga yordam berdi va kam ta'minlangan fuqarolar umumiy sonining 8 foiziga kamayishiga yordam bergan.
🔸Seminar doirasida Siyosiy fanlar va huquq janubi-g'arbiy universitetida kambag'allikni qisqartirish va bandlik masalalaridagi Xitoy tajribasi o'rganilmoqda.