Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Zarafshon shahrida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

error

2024-12-11

✍️ Zarafshon shahridagi “Muruntau” MFY da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish shahar bo'limi tomonidan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹 Unda hududdagi 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘zlaridagi mavjud 65 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etdi.

🔹 Shundan, 40 ta oliy ma'lumotli fuqarolar uchun, 10 ta o'rta-maxsus maʼlumotga ega bo'lgan fuqarolar uchun hamda 15 tasi o'rta ma'lumotli fuqarolar uchun bo'sh ish o'rinlarini tashkil etdi.

✅ Yarmarkada 30 nafardan ziyod ish bilan band bo'lmagan fuqarolar qatnashdi.

✅ Jarayonda 10 nafar fuqarolar korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy ishga joylashtirildi.

✅ 20 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.