Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-17
📚Uchinchi Renesans - Vatanimiz milliy g‘oyasi shiori ostida mamlakatimizda tub islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday islohotlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrda imzolagan "Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qarorlari bo‘ldi.
📗Qaror mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga tadbiq etish, ta’lim muassasalari xodimlariga respublikamizda rejalashtirilgan tadbirlar maqsadini yetkazish eng dolzarb masaladir.
✏️ Respublika ishchi guruhi vakili Erkin Uralov hamda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev ishtirokida qarorning 12-bandiga asosan Navbahor tumanidagi 9-son o'rta-ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchi yoshlari o‘rtasida "Men tanlagan kasb" mavzusidagi insholar tanloviga start berildi.