Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-18
✍️ Bugun Karmana tuman hokimligida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda O'zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi bilan hamkorlikda Kasana.uz platformasi ishga tushishi orqali mahallalarda kasanachilik faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda aholi o'rtasida kasanachilik faoliyatini keng targ'ib qilish maqsadida seminar bo'lib o'tdi.
🔹 Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev, O'zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi rahbari Nasiba Miradilova, hamda kasanachilik faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlar, shuningdek, mahalla hokim yordamchilari ishtirok etdi.
🔸Jarayonda 2025-yil boshidan faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan Kasana.uz platformaning afzalligi ishtirokchilarga tushuntirildi.