Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

YANGI BINO FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

error

2024-12-19

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Navoiy shahri Kasbiy ko'nikmalar markazida tashabbusli byudjet mablag'i hisobidan 1 mlrd 350 mln so'm moliyalashtirishga erishilgan mablag' evaziga qo'shimcha yangi barpo etilgan zamonaviy o'quv-amaliyot jihozlari bilan jihozlangan servis va xizmat ko'rsatish binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i  Lutfullo Xayrullayev, Kasbiy ko'nikmalar markazi rahbari  Baxromxo’ja Kadirov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab tadbirda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i  Lutfullo Xayrullayev  so'zga chiqib, yangi binoni foydalanishga topshirilishi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini shuningdek, markaz ishchi xodimlarini tabriklab, kelgusi ishlariga muvofaqqiyat tiladi.