Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

error

2024-12-25

Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi  qarori (https://api-portal.gov.uz/uploads/1b8be096-57f6-33bf-0547-fa020266e2a1_media_.pdf) bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi  hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🔹28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

🔹29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

🔹30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🔹31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔹1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

🔹2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.