Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Karmanada “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

error

2025-01-17

🌍 Karmana tumanidagi Madaniyat markazida ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish maqsadida “Bo'sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda hududdagi  30 ga yaqin ish beruvchi korxona va tashkilotlar shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘zlaridagi mavjud 265 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

▶️ Jarayonda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi tomonidan 8 nafar fuqaroga o‘zlari tanlagan lavozimlarga ishga joylashishlari uchun, shuningdek, 2 nafar fuqaroga esa Navoiy shahridagi Kasbiy ko'nikmalar markaziga  kasbga qayta tayyorlash uchun  yo‘llanmalar berildi. 17 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar  berildi.