Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-20
➡️ Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex tumanidagi "Zafarobod" mahallasida joylashgan "Yoshlik" madaniyat va sport markazida aholi uchun sayyor qabul o'tkazdi. Unda korxona va tashkilotlar, mahallalar mas'ullari hamda 200 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
✅ Mahallada bugungi kunda 1738 ta xonadonda 6234 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Qabulda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy tomondan yanada rivojlantirish, aholiga qulayliklar yaratish bo'yicha loyihalar muhokama etildi, fuqarolar tomonidan ko'makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada, ish bilan ta'minlashda, uy-joylarni kadastr qilishda ko'maklashish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo'yicha murojaat etildi.
✅ Jarayonda bir qancha murojaatlar joyida o'z yechimini topgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.