Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

NUROTA TUMANIDA LOYIHALAR VA MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI

error

2025-01-24

➡️ Mehnat bilan topganing, qandu asal totganing deya bejiz aytilmagan. Xoh yosh, xoh yoshi katta bo‘lsin, insonning muqim ish joyiga, daromad manbayiga ega bo‘lishi turmushi chiroyli, oilasi farovonligi garovidir. 

🌍 Bugun Nurota tumani Madaniyat markazida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi hamkorligida o'tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 14 ta korxona, tashkilot va muassasalar, shuningdek, 17 ta tadbirkorlik subektlari o‘zi ishlab chiqargan maxsulotlari va loyihalari bilan o'zlarida mavjud jami 253 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi. 

🔹Ushbu mehnat yarmarkasiga tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi. 

🔹Yarmarka doirasida 109 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib, shulardan 12 nafari doimiy ishga joylashishi uchun yo'llanmalar berildi, 3 nafar fuqaroga o‘z tabbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tijorat banklaridan 85 mln so'm imtiyozli kredit olishlari uchun tavsiyalar berildi. 

🔹Shuningdek, 9 nafar fuqaroga Navoiy Kasbiy ko'nikmalar markaziga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarga, tadbirkorlik yo'nalishida, xorijiy tillar o'rganish bo'yicha o'qishlari uchun yo'llanmalar berildi.