Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Sayyor qabul

error

2025-01-29

Fuqarolar murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Ushbu tamoyil asosida, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev,  Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuxrat Djo'rayev  hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida Navoiy shahridagi "Vatan" mahallasida  fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazildi.

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Bu galgi sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ular tomonidan  bandlik yo'nalishida 4 ta murojaat yòllandi.  Ushbu murojaatlardan 1tasi joyida hal etildi. 2 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. 1 ta masala hal etish uchun oʻrganish jarayonida.