Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#JARAYON

error

2025-01-30

➡️  Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev va Karmana tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i Jasur Otamurodov Karmana tumanidagi "Gulobod" mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash hamda ularni daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar  yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔹 Mazkur mahallada yashovchi, Rossiya davlatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan  Zayniddin Komilov xonadonida bo‘lib, 1.5 sotix issiqxonada limonchilik hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan 15 mln so'm  imtiyozli kredit evaziga 2 ta xonada "Veshenka" navli qo‘ziqorin yetishtirishni yo'lga qo'ygan jarayonlari bilan tanishildi. 

🔹Jarayonda xonadon egasi daromad topish maqsadida yo'lga qo'ygan tadbirkorligi ortidan oyiga o'rtacha 6-7 mln so'm daromad qilayotganligini ta'kidladi. 

📌  Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev  xonadon egasi Zayniddin Komilov bilan samimiy suhbatda bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berdi.