Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

G'OZG'ON SHAHRIDA MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI

error

2025-01-31

✅  Bugun G'ozg'on shahri "Marmarobod" mahallasida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan shahar hokimligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish shahar bo'limi hamkorligida ishsiz va band bo‘lmagan, yoshlar, xotin-qizlar va mehnat migratsiyasidan qaytgan, shuningdek, IIB. JXX probatsiya nazorati ostidagi fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

🔹Ushbu mehnat yarmarkada hududdagi 19 ta korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subektlari ishlab chiqargan maxsulotlari va loyihalari bilan o'zlarida mavjud 84 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi. 

🔹Yarmarka doirasida 40 nafar ishsiz, band bo'lmagan fuqarolar qatnashib, shulardan 10 nafari doimiy ishga bandligi ta'minlandi, 7 nafar o‘z tabbirkorlik faoliyatini boshlash istagi bor fuqaroga  tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishlari uchun tavsiyalar berildi.   Shuningdek, 15 nafar xotin-qizlarni “Premiyer Textile” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi.