Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-07
Joriy yilning 6-fevral kuni Telegram ijtimoiy tarmogʼining “@komporuz” kanalida “Ishsizlik nafaqasi tayinlangan biroq toʼlab berilmayotganligi” haqida xabar eʼlon qilingan.
Mazkur xabar yuzasidan Navoiy viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib oʼrganish natijasiga ko’ra, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Navoiy shahar Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi tomonidan fuqaro А.H ga 2024-yil 25-noyabr kuni 1712401-5-1262-sonli buyruq bilan ishsizlik nafaqasi tayinlangan. Biroq 2024-yilning yakuniga to’g’ri kelganligi sababli smeta mablag’i yetmaganligi munosabati bilan fuqaroga ishsizlik nafaqa puli to’lab berilmasdan qolgan. Hozirda 2025-yilning smetasiga asosan ajratilgan pul mablagʼlari hisobidan fuqaro А.H ga to'lanmay qolgan ishsizlik nafaqa pullari toʼlab berilishi maʼlum qilinadi.