Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

error

2025-02-14

🔸Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg‘ona hukmdori Umarshayxning farzandi. 

🔹Bobur 12 yoshida (1494) taxtga chiqdi. 

🔹1503-1504-yillarda Afg‘onistonni egalladi. 

🔹1519-1525-yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. 

🔹Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858) boburiylar saltanatiga asos soldi.  

🔸Boburning ulug‘ asari “Boburnoma” bo‘lib, ushbu memorial asarda 1494-1529-yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan.