Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Seminar

error

2025-02-26

Navoiy viloyati Karmana tumanida  oʻtkazilayotgan koʻrgazmali seminar doirasida “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli ikki yirik loyiha faoliyatiga tamal toshi qoʻyildi. 

➡️ Endi Navoiy viloyatida ham zamonaviy, kreativ stildagi yangi Ekobogʻ aholiga xizmat koʻrsatadi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4 000 000 AQSh dollariga teng. 1.5 gektar yer maydonida barpo etilayotgan Ekobogʻ toʻla ishga tushgandan soʻng bu yerda 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. 

Karmana tumani hududidan oʻtuvchi M-37 xalqaro yoʻli boʻyida tashkil etilayotgan bogʻ hududda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun ekologik toza muhitda sifatli dam olish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Loyiha nafaqat Oʻzbekiston aholisi, balki chet ellik sayyohlar uchun ham jozibali maskan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 700 nafar mehmonga yuqori darajada xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Zamonaviy me'moriy echimlar, tabiat bilan uygʻun ekologik infratuzilma va innovatsion texnologiyalar orqali ekopark mamlakatimizda barqaror turizm rivojiga katta hissa qoʻshadi.

Bu yerda mehmonlar uchun 900 dan ortiq tropik daraxtlar va 

25 000 dan ziyod oʻsimliklar bilan husn baxsh etilgan yashil hudud, Yevropa va milliy taomlar taklif etuvchi umumiy ovqatlanish zonalari, bolalar uchun xavfsiz va qiziqarli oʻyin makoni, koʻplab koʻngilochar joylar tashkil etiladi.

Ekopark zamonaviy me'moriy uslubda barpo etilib, ekologik barqarorlik va tabiatni asrash prinsiplariga asoslanadi. U nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy sayyohlar uchun ham oʻziga xos dam olish va ilhom manbaiga aylanadi.