MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2025-04-24
➡️ Navoiy shahridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Raqamlashtirish va sun’iy intellektning mehnatni muhofaza qilishdagi roli” mavzusida seminar tashkil etildi.
🔹 Jarayonda 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari, qurilish kompaniyalari va tashkilotlarning 314 nafar mehnatni muhoza qilish bo'yicha vakillari va kasaba uyushmasi a'zolari ishtirok etdi. Dastaval ishtirokchilar tadbir doirasidagi ko‘rgazma bilan tanishdilar.
✍️ Seminarda munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining hamkorligi, sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ijtimoiy sheriklik, raqamlashtirish va sun’iy intellektning mehnatni muhofaza qilishdagi roli kabi mavzularda ma’ruza va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
🔹 Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'i Dilshod Usmonov korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining holati, sohaga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
🔸 Seminar yakunida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev soha vakillarini 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tabriklab, ishtirokchi korxonalarga amaliy hamkorlik va mehnatni muhofaza qilishni samarali tashkil etgani uchun tashakkurnomalar topshirdi.