Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi va firibgarlikdan ogoh bo‘lish mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

error

2025-04-25

Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali jalb qilish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xususiy bandlik agentliklari orqali ish topish jarayonlari, ular bilan shartnoma tuzish tartibi, rasmiy ruxsatnoma talab qilinishi hamda firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Mutaxassislar fuqarolarga faqat litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy bandlik agentliklari xizmatlaridan foydalanish, shubhali va noqonuniy takliflardan ehtiyot bo‘lish, har qanday shartnoma va hujjatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga axborot risolalari tarqatilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi.