Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-03
Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha loyihalar bilan tanishildi
Seminar davomida hududdagi mahallarda aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.
Tashrif davomida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan bandlik loyihalari, xususan, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi tashabbuslar o‘rganildi.
Aholiga subsidiya asosida ajratilgan uskunalar, kreditlar hisobiga ochilgan yangi ish o‘rinlari va qisqa muddatli kasb-hunar kurslari orqali ko‘plab fuqarolarning bandligi ta’minlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolar ro‘yxati asosida manzilli yordam ko‘rsatish hamda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi loyihalarni shakllantirish bo‘yicha takliflar va tashabbuslar qo'llab quvvatlandi.
Mazkur jarayon aholining farovonligini oshirish, mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.