Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-16
Karmana tumanida navbatdagi "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi
✍️ Bugun Karmana tumanidagi Katta Machit mahallasi hududida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbirda tumandagi 78 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etdi. Yarmarkada 25 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 110 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
🔸 Natijada, 9 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 11 nafar fuqaroga esa kasb-hunarga o‘qishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga integratsiyalashga xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing