Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

error

2025-05-16

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida boshqarma ishchi-xodimlari ishtirokida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob'yekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tegishli FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur mashqning asosiy maqsadi – favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholi xavfsizligini ta'minlash, tashkilot rahbarlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida real shart-sharoitlarga yaqin holatda turli vaziyatlar modellashtirilib, amaliy harakatlar ko‘rsatib berildi. Mashq jarayonida ishtirokchilar o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardilar.