Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KARMANADA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

error

2023-07-31

Karmana tumanida 1-sektor hududiga tegishli  "Do‘rman" mahallasida navbatdagi bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi  bo`lib o`tdi.

Unda tuman hokimi F. Umarov  hamda Kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish tuman bo`limi boshlig`i  S. Baxronov ishtirok etib,  yarmarka jarayonlarini kuzatib bordilar.

 Mazkur mehnat yarmarkada 40 ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 247 ta bo‘sh ish o‘rinlari  bilan ishtirok etishdi. 

 Ushbu mehnat yarmarkada 21 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan bandligi ta`minlandi, 12 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar  berildi.

Navoiy viloyati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.