Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-28
Bugun Zarafshon shahar hokimligida "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Navoiy viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi boshlig'i Qahramon Rajabov hamda mahallalardagi hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, mahallalarda kambagʻal oilalarni aniqlash va ularni tizimli qoʻllab-quvvatlash maqsadida xatlov ishlari olib borilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.