Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#press_tur

error

2025-05-30

Xatirchi tumanida "Loyiha menejerlari"ning ijobiy tajribasi asosida press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktyabrdagi PQ-347-sonli qarorga asosan, Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbirga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda sohaga daxldor mutaxassislar taklif etildi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar Xatirchi tumanining “Oq Oltin” mahallasida faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. E’tiborga molik jihati shundaki, ushbu mahalla ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir toifaga mansub bo‘lib, aholining turmush darajasini oshirish va bandligini ta’minlash borasida katta vazifalar turgan edi.

Hokim yordamchisining tashabbuslari bilan mahallada bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bo‘sh turgan yer maydonlari va foydalanilmayotgan binolardan samarali foydalanilib, aholi bandligi oshirildi.

Bu orqali nafaqat ishsizlik darajasi kamaydi, balki mahalla iqtisodiy hayotida jonlanish yuz berdi. Hokim yordamchisining har bir xonadonga individual yondashuvi, muammolarni o‘rganib, ularning echimiga tizimli yondashgani natijasida qisqa muddatda katta ijobiy siljishlarga erishildi.

Press-tur davomida jurnalist va blogerlar ushbu amaliy yondashuvlar bilan yaqindan tanishib, ularni suratga olishdi, mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘lishdi. Odamlar o‘z hayotlaridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr bildirdilar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Mutasaddilar ta’kidlaganidek, “Oq Oltin” mahallasidagi ushbu model tajriba boshqa og‘ir toifadagi hududlar uchun ham namunaviy platforma sifatida xizmat qilishi mumkin. Mahalla miqyosida yaratilgan tizimli yondashuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning real natijalari Prezident qarorida belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

Press-tur yakunida OAV vakillari hokim yordamchisining faoliyatiga yuqori baho berib, bu kabi samarali yondashuvlar keng ommalashtirilishi zarurligini ta’kidladilar.

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati