Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-16
Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ- huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini va ijrosini joylarga chiqgan holda o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo’mitasi raisining o’rinbosari Odiljon Iminov hamda budjet va iqtisodiy masalalar qo’mitasining a’zosi Xusan Yarqulov Navoiy viloyatida xizmat safarida bo’ldi.
Dastlab deputatlar Karmana tumanida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun tashkil etilgan kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o’rganishlar davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qoninchilik palatasi a’zolari “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan fuqarolar bilan muloqot qildi.