Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-01
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoni (http://lex.uz//ru/docs/6333225) ijrosi Xatirchi tumanidagi "Novja" mahallasida amalda.
Bugun erta tongdan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligida viloyat va tuman sektor rahbarlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jarayonda ularga qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Maydonda saf tortgan texnikalar esa el xizmati, hudud obodligi uchun yo‘lga otlandi.
Ta’kidlash joizki, bu hududdagi bunyodkorlik yumushlari mahalla ahlining quvonchiga quvonch qo‘shmoqda.