Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mehnat markazlari asosida yangi imkoniyatlar

error

2025-07-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qaroriga asosan, kunlik mehnat markazlari faoliyati tugatilishi, ular negizida esa ishsiz aholi uchun xizmat ko‘rsatish obyektlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev hamda mutasaddilar ishtirokida tashrif buyurilgan markazda binodan maqsadli foydalanish masalasi muhokama qilindi. 

Markazlarda kasb-hunar o‘qitish, xizmat ko‘rsatish obyektlari va xususiy sektor ishtirokida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Bu orqali ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta'minlanadi.