Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-15
➡️ Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev hamda viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Pardayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda Karmana tumanining “Sardoba” mahallasida bo'lishdi.
Jarayonda mahalla hokim yordamchisi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlar bilan muloqotda ularning faoliyatini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taklif etildi.
Maqsad aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishdir.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing