Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

error

2025-10-21

Til – millat ko‘zgusi 📝

Yurtimizning barcha hududlarida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatimizda ijod qilib kelayotgan shoir Boboqand Umarov ishtirok etdi. U o‘z chiqishida milliy tilimizni asrab-avaylash, uni kelajak avlodlarga pok va boy holatda yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Shoir Cho‘lponning “Til yashasa – millat yashar” degan hikmatli so‘zlari tadbir davomida bosh g‘oya sifatida yangradi. 34 yildan buyon bu muhim sanani yurtimizda faxr va iftixor bilan nishonlab kelinayotgani ham ana shu qadriyatga bo‘lgan yuksak ehtiromning ifodasidir.