Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-22
❗️Mehnat qonunchiligi, boshqa huquqiy hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilangan hollarda xodim ishni davom ettirayotgan bo‘lsa, ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
📄 Xodimning yozma arizasi berilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
❌ Agar talab rad etilsa, ish beruvchi bu qarorni yozma ravishda asoslab berishi lozim.
Rad etish sabablari yozma tarzda bildirilmasa ham, bu holat xodimning shikoyat qilish huquqini cheklamaydi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260921)
Masalan:
🔹Ish vaqti yoki ish tartibini o‘zgartirish;
🔹Boshqa ish joyiga o‘tkazishni so‘rash;
🔹Maosh miqdoriga oid shartlarni qayta ko‘rib chiqishni so‘rash va h.k.
Agar sizning mehnat shartlaringizni o‘zgartirishga asosli ehtiyojingiz bo‘lsa – bu haqda ariza yozing. Qonun siz tomonda.